Narxi qancha mehrni ayting (akkordlar)

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon - Narxi qancha mehrni ayting

A#m
Narxi qancha mehrni, ayting?
G#               Fm
Hammasini sotib olaman.
F#              D#m
Oqibati bor ostonaga
F#                 Fm
Kerak bo‘lsa yotib olaman.

 A#m   
Ey, narxi qancha mehrni, ayting, ayting?
G#               Fm
Hammasini sotib olaman.
F#              D#m
Oqibati bor ostonaga
F#                 Fm
Kerak bo‘lsa yotib olaman.

 Fm                 A#m
Qayda mehr bozori, ayting?
G#                  Fm
Olib beray mehrsizlarga.
F#                  D#m
Kerak bo‘lsa, yurib uyma-uy
F#                   Fm
Ulashaman bag‘ri muzlarga.
 
A#m
Narhi qancha mehrni, ayting?
G#                Fm
O‘zim olay yetsa imkonim.
F#                  D#m
Yetsa molim, yetmasa jonim,
F#                   Fm 
Narhi qancha mehrni, ayting?

    A#m
Ey, mehringizdan, mayli, bir hovuch
G#                      Fm
Bering yetim go‘daklar uchun.
F#                   
Ko‘zlarida o‘kinch va ilinj,
D#m                   Fm 
Mehrga zor yuraklar uchun.

 
A#m
Mehr izlab dunyoni kezdim,
Fm
Olishimga bormi qarshilar?
F#                     D#m
O‘zimga ham kerakdir, biroq
F#                  Fm
Ilinaman sizga, yaxshilar.
 
A#m
Mehr bormi eski bo‘lsa ham?
G#                      Fm
Yo‘q, degan so‘z yomon nechog‘liq.
F#                 D#m
Bu o‘tkinchi dunyoda mehr
G#                      Fm
Nahot bo‘lsa cho‘ntakka bog‘liq?
 
A#m
Bilolmadim mehrning narhin,
G#                  Fm
Mehr sotilmas ekan pulga.
F#                 D#m
Go‘yoki biz savdogarlardek,
G#                      Fm
Mehr izlab chiqqanmiz yo‘lga.

 A#m
Narhi qancha mehrni ayting (ayting)
G#                  Fm
O‘zim olay bo‘lsa imkonim.
F#                 D#m
Yetsa molim, yetmasa jonim,
G#                      Fm
Narhi qancha mehrni ayting?
 
 A#m
Narhi qancha mehrni ayting (ayting)
G#                  Fm
O‘zim olay bo‘lsa imkonim.
F#                 D#m
Yetsa molim, yetmasa jonim,
G#                      Fm
Narhi qancha mehrni ayting?