Onam (akkordlar)

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon - Onam

Bm                  
Hayotda oz yashab, ko‘p azob ko‘rdim,
G
Gohida yiqildim, gohida turdim.
A
Sevgidan ham, do‘stdan ham birvarakay kuydim,
F#m
Dedingiz: “Jon bolam, saqlama dilda g‘am.”
 
Bm
Mehrning narxi yo‘q, do‘stlarning soni,
G
Minnatli bo‘larkan o‘zganing noni.
A
Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
F#m
Bo‘zlab qolma yo‘qotgach hidlab ro‘moli.
 
Bm
Mehribonim onam,
           G
Beozorim onam,
            A
Beg‘uborim onam,
           F#m
Onajonim, onam.  2x

 
Bm
Nomarddan ulfat qilib, boshimga kulfat qilib,
G
Davlat ketganda oldim kimga kimligim bilib.
A
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar,
F#m
Andishasiz yurganda ortimdan g‘iybat qilib. 2x


Bm
Boshim toshga tekkanda, chekkanimda nadomat,
G                                     A
Tangridan erta-yu kech so‘ragan menga omad,
A   F#m
Onam!

          Bm
Duolaringiz sabab omad quchog‘in ochib,
                G
Davru-davronim keldi, yo‘qchilik nari qochib.
                A
Aslida siz ekansiz mening baxtu-omadim,
             F#m
Quyoshdek p orlab turing boshimda nurlar sochib,
              Bm
Onam, onam, onam.
 
G
Mehribonim onam,
A
Beozorim onam,
F#m
Beg‘uborim onam,
Bm
Mehribonim onam,
G
Beozorim onam
A
Beg‘uborim onam,
F#m
Onajonim, onam.
 
Bm
Ichim to‘lib aytdim-da gapning xonasin,
G
Bunchalar ham mo‘rt bo‘lar odam bolasi?
A
Eng vaxshiy inson ham dod-faryod qilib,
F#m
Yig‘larkan hayotdan o‘tsa onasi.
 
Bm
Mehrning narxi yo‘q, do‘stlarning soni,
G
Minnatli bo‘larkan o‘zganing noni.
A
Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
F#m
Bu dunyoda jannatim, omon bo‘lsin joni.